Ijodkor o‘qituvchilar | Urganch shahar 18-son umumta’lim maktabi

Ijodkor o‘qituvchilar

O’qituvchilar tomonidan tayyorlangan namunaviy ishlar. Maktabda faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilardan G. Allaberganov. R. Ro’zmetov. N. Niyozmetovalar tomonidan tayyorlangan dars ishlanmalari o’qituvchilar uchun namuna bo’lla oladi. Fan xonalaridan Z. Xasanova. F. Ro’zmetova Z. Iskandarov, R. Ruzmetovlarning sinf xonalari (jixozlanishi) eng namunali deb topildi.  Bu o’qituvchilar sherlari, xikoyalari Xaorazm haqiqati, Bog’ot sadosi gazetalarida chop qilinib chiqib turibdi.

Misol uchun Z. Iskandarov

image001

Men bahorni erta sog`indim sheri

Sog`inmay bo`larmi erka bahorni
Fasllar kelinchagi go`zal dildorni?
Zo`rg`a kuzatdiga qahraton qorni
Kel, bahor ,kelgila bosgin xumorni,
Intizor qilmayin zor ,intizorni-
Men bahorni erta sog`indim.

Uzoq qishning uzoq tunida
Shirin hayollarim bag`riga cho`mdim.
Oppoq orzularim mayin uniga
Oppoq qorning pokligin ko`mdim.
Va vaslingni tilab o`tindim
Men bahorni erta sog`indim.

Borliq uyg`onmish ming jilva bilan
Savdoyi qushlar ham qaytdilar yana.
Yuz ochib bo`y cho`zar maysa o`t-o`lan,
Yosh- qari yuzlari porlaydi yona.
Nigohimda sensan oshkor, pinhona-
Men bahorni erta sog`indim.

Ha, bugun Navro`zdir ,Navro`zi olam,
Eng inja hislarni etadi tortiq .
Gul ko`targan bunda qiz ham yigit ham
Zavqini ulashar haddidan ortiq.
Zavq kirgan dillardan ey,sog`inch tez chiq
Men bahorni erta sog`indim.