Alifbe bayrami | Urganch shahar 18-son umumta’lim maktabi

Alifbe bayrami

Savodxonlik  bayrami senariysi

 

Musiqa sadolari ostida o’quvchilar qo’llarida gullar va sharlar bilan bayramona bezatilgan zalga kirib kelishadi.Madhiya yangraydi

O’qituvchi: Aziz ota-onalar, bugun jaji farzandlaringiz uchun bir umrga yodda qoluvchi, qisqa vaqt ichida olgan bilimlarini ko’rikdan o’tkazuvchi ajoyib tantana. Alifbe bayramimizga xush kelibsiz!

Mening jajji o’quvchilarim,

Qarshingizda shodon, baxtiyor

Har birisin tarifin bersam

Soz ichra yaxshilik ko’karar bisyor.

Boshlovchi:Assalomu alaykum, mehridaryo ustozlar, aziz va mehribon ota-onalar, sevimli buvi va buvajonlar! Mana bugun biz jajjigina bolajonlarimizning Alifbe bayramiga yig’ilib turibmiz. Savodxonlik bayramiga xush kelibsizz!

Assalom davramizning quvnoq o’g’il-qizlari

Sheriyat osmonining eng chaqnoq yulduzlari

Qabul aylang azizlar, bu bizning shirin kalom

Qo’limiz ko’ksimizda deymiz sizga assalom!

 

 

Salom sizga azizlar, bir-biridan lazizlar

Mehmonu-mezbon bo’lgan

Erkatoy o’g’il-qizlar

Assalom avvalo aziz jonajon

Alla aytib katta qilgan onajon.

Boshlovchi:Aziz o’quvchilar! Siz mustaqil O;zbekistonning ko’rar ko’zi-kelajagisiz, yaxshi kunlardan xabar beruvchi yosh ko’ngil elchisisiz. Mustaqil vatanimiz sizdan ko’p narsalarni kutib qoladi. Vatanni seving va unga munosib farzand bo’ling!

Toza osmoning bilan

Totli davroning bilan

Gul chamanzoring bilan

Elda dostonsan Vatan!

 

Sharqda tanxosan o’zing

Xalqi donasan o’zing

Porloq yo’lchi yulduzing

Elda dostonsan Vatan!

1-e Hilola:   Olam aro yorug’ yuzing

Baxtiyor o’g’il-qizing

Men ham sening erka qizing

Tanda jonimsan Vatan!

1-“e”, “g” raqs “O’zbekiston”

1-e Mashhur:Ey, hurmatli muallim, har ko’ngilda mehring bor

Har uyda,her shaharda sening sirli sehring bor

Ekkan mevalaringning hosili hech tugamas

Dunyoda sening kabi xolis inson topilmas

1-g Foziljon:Hurmat izzat ko’rsang, ustoz bilandir

Elda mashhur bolsang, ustoz bilandir

Yuksaklarga yetsang, ustoz bilandir

Hayotingda  mayoq bo’lgan inson u.

1-e Anagul:  Kim der, ilm o’rgatmoqlik osondir

Ustoz degan xazinadir, bo’stondir

Har hislatin yozsang, onlab dostondir

Hayotingda mayoq bo’lgan inson u.

1-f xo’r “Vatajonim”

Bosh-chi:     Bu bayram sababkori

Bilimlar poydevori

Ma’noli shirin so’zi

Qani alifbe o’zi

Bolalar jo’r bo’lib:

Alifbejon kelaqol

Olqishlaymiz quloq sol

Davraga Alifbe kirib keladi.  1-e Ibrat

Assalomu alaykum aziz ota- onalar va qadrdon bolalar, savodxonlik muborak, bayram shodlik muborak

Bolalar:         Hush kelibsan Alifbejon

Davramizga marhabo!

1-g Dilafruz: Chindan qadrdon bo’lding

Sen alifbe kitobim

Ko’zga go’yo nur bo’lding

Charaqlagan oftobim

Alifbe: Ibrat: Bu kun savod chiqarib

Burro-burro so’zlaysiz

Zehningiz o’tkir juda

Kelajakni ko’zlaysiz

“Alifbe” to’yi bilan

Barchangizni qutlayman

Pok niyatli do’stlarim

Sizga oq yo’l tilayman.

Raqs “Xorazmcha”

Bosh-chi: Bolalar kim bo’lsam ekan deya hamisha kimgadir havas bilan qarashadi kimdir fazogir bo’laman desa, kimdir dadasidek shifokor bo’lishni orzu qiladi.O’quvchilarimizning orzularidek beg’ubor

Kasblar sherga aylandi

Alifbega joylandi

1-e. Joxongir; Bolsammikan agronom

A-harfi        Juda jarangli bu nom

O’stirar edim paxta

Butadamas daraxtda.

B-harfi        Yo bo’lsammi boyoqchi

1-g.                Uning ishiga boqchi

Boyalgan zahot xona

Go’zallashadi yana.

D-harfi       Yo bolsammi duradgor

Bu ishda ko’p hikmat bor

1-f.                 Aytingchi kim bir pasda

Ketmonga yasar dasta

E-harfi        Sen ham maslahat ber-chi

1-e. Zulxayo  Yo bolsammikan elchi

Samalyot qo’nar shu on

Bu manzil Farangizton

Deyman; Azizlar, salom!

“Bonju” hammamiz omon!

F-harfi:

Yo bo’lsammi fazogir

Yerni aylanib g’ir-g’ir

So’ng esa qo’nsam oyga

Oy bilan qilib poyga

H-harfi: 1-E Yo’ldoshvoy

Yo bo’lsammi haydovchi

Qo’l ko’tarsa yo’lovchi

Mashinam g’iz-g’iz etsa

Darrov manzilga eltsam

I-harfi: 1-F

Yo bo’lsam ixtirochi

Bu ishning ko’p quvonchi

Bu ishga bo’lsam usta

Ixtiro qilsam yuzta

J-harfi: 1-E  Maryamjon

Yo bo’lsammi jurnalist

Xabar yozsam juda tez

Va electron pochtadan

Yuborsam uni birdan

K-harfi: 1-G Jahongir

Yo bo’lsammikin kulol

Sizni qilib hayron lol

Yasasam ko’za idish

Juda maroqli bu ish

L-harfi: 1-G Dilnavoz

Yana bir o’ylab ko’rsam

Yo lug’atshunos bolsam

Juda ham ko’plab so’zdan

Turli lug’atlar tuzsam

Vatan  haqida qo’shiq raqsi bilan

M-harfi: 1-G Foziljon

Yo militsioner bo’lay

Doim po’stimda turay

Sezgir bo’lsam bag’oyat

Bo’lmas bir jinoyat

N-harfi:1-E Nazokat

Yo bo’lsammikin nonvoy

Hamma ko’rib desa, voy!

Yasatsam katta tandir

Va yopsam bir uy patir

Kulchatoy, piyozli non

Shirin, asal shirmoy non

O harfi: 1-E Sadulla

Yo bo’lsammikan oshpaz

Hamma qilardi havas

O’ylab topsam bir toam

“O’zbekiston” deb bersam nom

P-harfi: 1-E  Gulg’uncha

Eshiting quloq solib

Pardozchi ham zo’r kasb

Pardoz qilsam yuzingni

Tanimaysiz o’zingiz

Z-harfi: 1-G  M. Bexruz

Yo bo’lsammikin zargar

Uni o’rgansam agar

Yasayman tuppa-tuzuk

Eng nafis go’al uzuk

O’-harfi: 1-G  Azizbek

Yo bo’lsam o’qituvchi

Bilimga zo’r o’qituvchi

O’quvchilar jo’r ovoz

Menga der: Salom, ustoz !

G’-harfi  Ilhom

Yo bo’lsammikin g’ovvos

Savobli ish, gapim rost

G’avvos doimo sergak

Hushyor bo’lishi kerak

Cho’ka boshlasa odam

U darrov berer yordam

Sh-harfi: 1-G   Dilafruz

To bo’lsammi shifokor

Dard bor joyda davo bor

Hamma kelar men tomon

Deya ahvolim yamon

Men qilgach dori-darmon

Nimjon edi pahlavon

Ch-harfi: 1-E  Sarvar

Yo bo’lsammikin cho’pon

Podani saqlab omon

Chiqsam tog’u adirga

Bepayon yaylov qirga

G-harfi :

Yo bo’lsammi geolog

Yursam, kezsam tog’ma-to’g’

Ma’danga to’la zamin

Juda uzoq o’ylab men

Topsam ko’plab ma’danlar

Hayron qolsa odamlar

V-harfi:1-G hadicha

Endi mendan V dan so’zlang

Harflar ichra meni izlang

Bosh harfiman “Vatan” so’zin

Bilmas mensiz Vatan o’zin

Y-harfi: 1-E   Shohrux

Yigit boshi mard ersa

Yigit boshi ham bo’lmas

Yo’lda yuki qolmagay

Yo’lin topar, kam bo’lmas

Ng-harfi: 1-E

O’yladim tuni kunlar

“Ng” ga yo’q kasb-hunar

Ammo atrofga qarang

Kasb-hunar ko’p, rang-barang

X-harfi: 1-G  Nafisa

Xonavayron bo’lar xalq

Xaloskori bo’lmasa

Xavfu-xatar, ofatdan

Xoli, nari bo’lmasa

“Alifbo” qo’shig’i 1-F

Boshlovchi;Aziz o’quvchilar! Mana siz hamma harflarni o’zlashtirib oldingiz . bu hali hammasi emas. Sizlar harflarni hurmat qilishingiz kerak.

1-G  Charos.

Alifbeda nechta harf

O’yla,aqling qilib sarf!

Go’yo ko’zu-burni bor

Har bir harfning o’rni bor

Adashtirmagin zinhor

Savod senga bo’lsin yor

1-E  Shahriyor.

B harfsiz gavjum “bozor”

Keltirar dilga “ozor”

1-G  bexruz .

Hatto sog’lom, kuchli “fil”

Harf o’zgarsa bo’lar “sil”

O’g’il bolalar “Norin”

1-G  Jahongir

Harfi o’zgarsa biroq

“Qovoq” ham chinni “tovo”

1-G  Hovajon

Qish yozdi bir so’zni “muz”

Bahor to’g’irladi , “buz”

1-F qizlar va o’g’il bolalar vals ”O’zbekiston”

1-G   Dilnura

Shunday ekan azizlar

Savodli bo’ling sizlar

Va bo’linglar  albatta

Har bir harfga hurmatda

Ingiliz tili chiqishi

“Lezginka “ o’g’il bolalar raqsi  1-E-G.

 

Boshlovchi: Aziz bolajonlar! O’tib borayotgan,  “Sog’lom bola” yilida siz 1-sinfga qadam qo’yib savod chiqardingiz. Prezidentimiz 2015-yilni qanday nomladi?

O’quvchilar: ”Qariyalarni e’zozlash “ yili

Boshlovchi: Aziz o’quvchilar, yaqinda qaysi bayramni nishonlaymiz

O’quvchilar :Yangi yilni

Bosh-chi: Yangi yil nimasi bilan chiroyli?

O’quvchilar: Archasi, qorbobosi, sovg’asi  bilan

Bosh-chi: Sizlarni qutlash uchun uzoq o’rmondan  Qorbobo mehmonga kelgan.

Kelinglar Qorboboni chaqiramiz.

O’quvchilar: Qor=bobo , Qor-bo-bo Qor-bobo

Qorbobo kirib keladi.

Bosh-chi:Salom, Qorbobo Hush kelibsiz! Davramizga marhabo!

1-“E”-“G” qizlar raqsi. “oppoq qor”

Qorboboga o’quvchilar qish, archa haqida she’rlar aytishadi.

Vals 1”E” “G” o’g’il-qizlari ijrosida “Qor” qo’shig’iga.

Bosh-chi tadbirni yakunlab barchani raqsga taklif etadi.

 

Sinf rahbarlari:1-“E” –Atayeva A.Yu

1-“G” –Sadullayeva D

1-“F”- Yaxshimurotova M