2018 Март | Urganch shahar 18-son umumta’lim maktabi

Arxiv: Март, 2018

Zulfiyahonim 103 yilligiga bag’ishlangan tadbir

18-son maktabda ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Iskandarova Dilafro’z tomonidan Zulfiyaxonim tavalludining 103 yilligiga bag’ishlangan «Sadoqatdan saboq bergan Zulfiya»mavzusida adabiy kecha o’tkazildi

Ko’rgazmalar tanlovi

Urganch shahar 18- son umumiy o’rta ta’lim maktabida fevral oyi matematika, informatika, tasviriy san’at va chizmachilik fan oyligi yakunlanishi munasabati bilan matematika fani o’qituvchilari Ibragimova Ozoda va Ro’zmatova Farahongizlar o’quvchilar o’rtasida ko’rgazmalar tanlovini o’tkazishdi. Eng yahshi ko’rgazmali plaqat egalari fahriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

Matematika fani o’qituvchisi O’rinova Shahloning matematika fanidan 8 sinflarda o’tkazgan tadbiridan lavhalar

Fan oyligiga bag’ishlangan tadbir

Urganch shahar 18- son umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika fani o’qituvchisi Ibragimova Ozodaning fevral oyi matematika, informatika, tasviriy san’at va chizmachilik fan oyligi munasabati bilan matematika fanidan 5-sinflar o’rtasida matematik bellashuv tadbiri o’tkazdi. G’olib guruhlar fahriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

Fevral oyi matematika, informatika, tasviriy san’at va chizmachilik fan oyligi munosabati bilan matematika fani o’qituvchisi Ro’zmatova Farahongizning 5- sinflarida «o’nli kasrlarni qo’shish va ayirish mavzusiga oid misollar yechish» mavzusida ochiq dars o’tkazdi.